Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz?

Aziz kitob muxlislari!
Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz.

O’z tajribamdan ba’zi tavsiyalarni siz bilan baham ko’rsam:

1. O’z kitob katalogingizni tuzib qo’ying. Uni computerda amalga oshirish osonroq. Excel dasturida jadval tashkil etib, kitob nomi, muallifi, chiqqan yili, nashriyoti, shahri, tili, mavzusi bo’yicha to’ldirib chiqing. Bu narsani oddiy kundalik daftarda ham amalga oshirsa bo’ladi.

2. Kitobni qachon sotib olganingiz yoki sizga kimdir hadya etganini kichkina qilib qayd etib qo’ying.

3. O’z shaxsiy kutubxonangizning ramzini tayyorlang. Va uni kitobingizning muqovadan keyingio birinchi betiga yopishtirib qo’ying. Masalan, men shunday nakleyka tayyorlab, kitoblarimga yopishtirib qo’yganman:

Buni istasangiz men xuddi shunday qilib tayyorlab berishim mumkin. Uni istalgan matbaa korxonasida chop ettirib olishingiz mumkin. Bitta A4 qog’ozga shunday nakleykalardan 80 tasi sig’adi.

4. O’zingiz tashkil etgan jadvalda kitobni kimga berganingiz haqida ham qayd etib qo’ying. Chunki ko’pincha kitoblar olinadi-da, kimga berganingiz esdan chiqib, shu bilan yo’qoladi.

5. Yoshligimizda adabiyot muallimiz o’zingiz o’qigan kitoblaringiz ro’yxatini qiling va kitob haqidagi fikrlaringiz, qisqacha mazmuni, undagi go’zal iboralarni yozib boring. Katta foydasi bor degandilar. Haqiqatda juda katta foydasi bor ekan.

6. Hech qachon kitobni buklamang. Ichiga ruchka bilan ham yozmang. Ochroq qalam bilan yozilsa bo’ladi. Keyin o’chirish mumkin.

7. Kitob javoningizdagi kitoblarni muntazam tekshirib (albatta varaqlab, qayta o’qib) turing. Tez-tez havolantirib turilsa, kitoblar yaxshi saqlanadi. Kitobni namchillikdan, kitob qurti, sichqon kabi zararkunandalardan asrang.

One thought on “Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz?

  1. Essalamu Eleykum ~! Burader ! Tejribilirngiz bek yaxshi iken, menmu kitap saqlaymen. Bezi usullirimiz oxshushup ketidiken. Tor bekitingizni bek yaqturimen, hem xeli kop kitaplarni chushurgenmen. Alla sizge rexmet qilsun. Bunche kop kitaplarni qandaq qilip pdf qilip chiqqansiz ?

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *